Rossiyaning 4 shahrida O‘zbekiston bosh konsulxonalari bo‘ladi

O‘zbekiston 00:00 / 24.02.2018 6675

Rossiyaning Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon va Rostov-na-Don shaharlarida O‘zbekiston bosh konsulxonalari ochiladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashuv vaqtida ma'lum qildi.

«Sankt-Peterburgda bosh konsulxonamiz ochildi. 2017 yilda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda biz federatsiyaning yana 4 federal okrugida bosh konsulliklar ochish to‘g‘risida ish olib bordik. Rossiya hukumati qaroriga ko‘ra, Vladivostok, Yekaterinburg, Qozon va Rostov-na-Don shaharlarida O‘zbekiston bosh konsulxonalari ochiladi», degan u.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Javlon Vahobov Rossiyaning Sankt-Peterburg, Qozon, Rostov, Yekaterinburg, Vladivostok, shuningdek, Qozog‘istonning Olmaota shaharlarida O‘zbekiston konsulxonalari ochilishi haqida ma'lum qilgandi. Keyinroq Peterburgda bosh konsulxona ish boshladi.

 Rossiyaning Moskva va Novosibirsk shaharlarida ham konsullik bo‘limlari mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: