Bill Geyts hajviy ko‘rsatuvda supermarketdagi narxlarni topishga harakat qildi (video)

Light 22:27 / 24.02.2018 9345

Microsoft asoschisi Bill Geyts “Ellen Dejyeneres shousi” hajviy ko‘rsatuvida ishtirok etdi. Ko‘rsatuvning yangi sonida milliarderdan supermarketdagi mahsulotlar narxini aniqlash so‘ralgan. Anchadan beri do‘konga bormaganini aytgan Geytsga ba'zi hollarda zaldagi tomoshabinlar yordam bergan.

Geytsdan 5 ta mahsulot narxini topish so‘raldi, bular: guruch va makaron mahsulotlaridan iborat qorishma Rice-A-Roni, kir yuvish uchun Tide kapsulalari, tishni tozalashga mo‘ljallangan ip, Totino's pitssasi va nachos uchun tayyor aralashma.  

Aytish joizki, milliarder faqatgina tish uchun iplar narxini o‘zi to‘g‘ri topa olgan, qolgan hollarda unga bunda tomoshabinlar yordam berishgan. Jumladan, Geyst kir yuvish vositasidan boshqa mahsulotlarning narxini asl narxidan balandroq aytgan. Geyts kir yuvish vositasini 4 dollarga baholagan, vaholanki u 20 dollar turar ekan.

Umuman olganda, milliarder mahsulotlarning ancha arzonligini qayd qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: