Turkmaniston O‘zbekiston yordamida gaz va elektr energiyasi yetkazib berilishini diversifikatsiya qiladi

O‘zbekiston 12:39 / 23.02.2018 9715

Turkmanistonning Toshkentdagi elchisi Shiri Shiriyev matbuot anjumanida O‘zbekiston ishtirokida amalga oshirilayotgan iqtisodiy loyihalar haqida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda Nuz.uz.

Shiri Shiriyev shunday dedi: «Barqaror energetika sohasida gap, birinchi navbatda, Turkmaniston va O‘zbekistonning mintaqada yirik energetika loyihalarini amalga oshirishdagi ishtiroki haqida ketmoqda. Ular orasida «Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy» gaz quvuri loyihasi ham bor, uning quvvati yiliga 25 milliard kubometr gazni tashkil etadi».

Bundan tashqari, Turkmaniston-O‘zbekiston-Tojikiston-Afg‘oniston-Pokiston yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy va Janubiy Osiyodan elektr energiyasini yetkazib berish loyihasi doirasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari mavjud.

Transport sohasida Markaziy Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharqdagi transport tizimlari integratsiyalashuvini ta'minlaydigan kuchli va zamonaviy infratuzilmani yaratish bo‘yicha hamkorlik davom etmoqda.

Xususan, Turkmaniston O‘zbekiston-Turkmaniston-Kaspiy dengizi-Janubiy Kavkaz yo‘nalishi bo‘yicha Gruziya, Turkiya, Ruminiya va boshqa davlatlarning Qora dengiz portlariga chiqish yo‘li bo‘yicha yo‘lak yaratish ustida birgalikda ish olib borishga tayyor.

Shu munosabat bilan Amudaryo orqali Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi hududlarini bog‘laydigan avtomobil va temir yo‘l ko‘prigi qurilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ikkita yirik loyihani ta'kidlash zarur. Avtomobil ko‘prigining uzunligi 1600 metr, temir yo‘l esa 1750 metrni tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: