ShHT MATT Kengashining 32-majlisi Toshkentda bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston 14:57 / 23.02.2018 8517

Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (ShHT MATT) Kengashining o‘ttiz ikkinchi majlisi shu yilning aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Hindistonning Nyu-Dehli shahrida Qirg‘iziston raisligida ShHTga a'zo davlatlar vakolatli organlari huquqiy ekspertlari guruhining ShHT MATT Kengashi 32-majlisiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Unda 2018 yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT MATT Kengashi majlisi kun tartibi masalasi muhokama qilingan.

Mazkur tuzilma Ijroqo‘mi direktori Yevgeniy Sisoyev Hindistonga qilgan tashrifi davomida Hindistonning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari, Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Rajinder Xan va ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Mobashar Javad Akbar bilan ham ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ko‘proq yangiliklar: