Yapon-o‘zbek kinosida Zomin tabiati aks etadi

O‘zbekiston 10:52 / 23.02.2018 12977

Hozirda O‘zbekistonda yapon kinochilari suratga olish joylarini tanlash ishlarini davom ettirishmoqda. Loaded Films kinokompaniyasi mutaxassislari Toshkent shahridan keyin Jizzax viloyatiga tashrif buyurishdi, deb xabar berdi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ushbu ishchi sayohat mobaynida eng go‘zal tabiat manzaralari va suv havzalari bilan tanilgan Jizzaxda yapon mehmonlarga Aydarko‘l qirg‘og‘i tanishtirildi. Bu yerdagi sohilbo‘yi fauna va florasi, baliqchilar manzili, zamonaviy baliq fermalari, sohil bo‘ylab qurilgan o‘tov lagerlari kabi obektlar birma bir o‘rganildi.

Shundan so‘ng mehmonlar Zomin tumaniga yo‘l olishdi. Yapon ijodkorlari bir necha asrlik archa va yong‘oq daraxtlari, chang‘i uchish yo‘laklari, qorli tog‘ va qalin o‘rmon manzaralarini yaqindan o‘rganib, bo‘lajak film voqealarining bir qismini Jizzax tabiatida suratga olishga qaror qilishdi. 

Eslatib o‘tamiz, taniqli rejissyor Kiyoshi Kurosava tomonidan suratga olinadigan ushbu film Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekkino” milliy agentligi hamkorligida amalga oshirilmoqda va Yevropaning yetakchi kinofestivallari uchun mo‘ljallangan.

Ko‘proq yangiliklar: