O‘zbekistondagi boshqa aeroportlar hududida ham «ochiq osmon» rejimi joriy etiladi

O‘zbekiston 21:40 / 22.02.2018 13517

O‘zbekistondagi Andijon, Nukus va Navoiy aeroportlarida ham «Ochiq osmon» rejimi joriy qilinib, sayyohlarga keng erkinlik yaratiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.

Shuningdek, viza rejimi bekor bo‘lgan davlatlardan qatnovlar soni oshiriladi, Toshkent shahridan tashqari Buxoro, Samarqand, Urganch, Navoiy va Qarshi shaharlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar ochiladi.

Bundan avvalroq, Shavkat Mirziyoyevning «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida «Qarshi» xalqaro aeroportini «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi tarkibidan chiqarish va uning hududida «Ochiq osmon» rejimini joriy etish, shu jumladan, loukoster aviakompaniyalarini jalb qilish belgilangandi.

Bunday rejimga ko‘ra, aeroport istalgan aviakompaniya samolyotlarini qabul qilishi mumkin bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: