O‘zbekistonda ixcham mehmonxonalar rivojlantiriladi

O‘zbekiston 22:50 / 22.02.2018 10994

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 fevral kuni videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijadorligi tanqidiy tahlil qilindi.

KUN.UZ manbasi xabariga ko‘ra, prezident yig‘ilish chog‘ida O‘zbekistonning Yaponiya, Turkiya va Hindistondagi elchilari bilan gaplashgan. Prezident elchilarga mamlakatga investitsiya va sayyohlar olib kelishni, shuningdek, eksport hajmini oshirishga hissa qo‘shish vazifalarini topshirgan.

Prezident Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga jiddiy vazifalar qo‘ygan. Turizm haqida gapira turib, prezident mamlakatning sohadagi salohiyatidan to‘la foydalanish zarurligini ta'kidlab, hududi O‘zbekistondan 3 barobar kichik bo‘lgan Ozarboyjonga bir yilda 3,1 million turist tashrif buyurishini (O‘zbekistonga 2017 yilda 2 milliondan oshiq) misol qilib keltirgan.

Turizmni rivojlantirish uchun O‘zbekistonda 50-55 kishilik 3 va 4 yulduzli mehmonxonalarga asosiy e'tibor qaratiladi.

O‘zbekistonda ichki reyslar soni oshiriladi, shuningdek, O‘zbekistonga boshqa mamlakatlarning faqat poytaxt shaharlaridan emas, boshqa yirik shaharlaridan, masalan, Turkiyaning Izmir, Ko‘niyo va Bursa shaharlaridan O‘zbekistonga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, Buxoro va Samarqand aeroportlari yonida qo‘shimcha terminallar quriladi.

Ko‘proq yangiliklar: