O‘zbekiston xorijiy kompaniyalar uchun o‘z statistikasini ochish bo‘yicha ish boshladi

O‘zbekiston 13:40 / 22.02.2018 4408

2018 yilning 21 fevralidan 1 martiga qadar O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro valyuta jamg‘armasining Statistika departamenti ishchi missiyasi o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Missiyaning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida XVJning kengaytirilgan ma'lumotlarni tarqatish umumiy tizimini joriy etish masalasida ko‘maklashish hisoblanadi.

Ushbu tizimga qo‘shilish O‘zbekiston iqtisodiyotini xorijiy kompaniyalar, korxonalar va sarmoyadorlar uchun yanada ochiq bo‘lishiga olib keladi.

Tashrif dasturiga muvofiq 21 fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida Markaziy bank, Moliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasi vakillari uchun kirish o‘quv-seminari o‘tkazildi.

Missiya ishi davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: