Turkmaniston prezidenti Berdimuhamedov bahorda Toshkentga tashrif buyuradi

O‘zbekiston 15:34 / 22.02.2018 10986

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov shu yilning bahorida O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi. Bu haqda Turkmanistonning Toshkentdagi elchisi Shiri Shiriyev ma'lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda tomonlar Mirziyoyev va Berdimuhamedovning uchrashuviga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Muzokaralar doirasida ko‘plab masalalar ko‘tariladi.

«Bu yil biz prezidentimiz O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan borishini kutmoqdamiz. Tashrif chog‘ida ko‘plab masalalar hal etiladi. Hozircha kun tartibi noma'lum, biroq biz tayyorlanyapmiz. Tashrifning aniq sanasini aytib o‘tolmayman, lekin diplomatik kanallar orqali ishlamoqdamiz. Ehtimol, bu bahorda bo‘ladi», - deya aytib o‘tgan diplomat.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov so‘nggi marta o‘tgan yilning sentabr oyida Ashxobodda uchrashgan.

Ko‘proq yangiliklar: