Pyongchang-2018. Bugun o‘ynaladigan barcha medallar

Sport 12:11 / 22.02.2018 5763

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida Qishki olimpiada o‘yinlari davom ettiriladi. 22 fevral kungi dasturdan o‘nta medallar jamg‘armasi o‘rin olgan.

Hozirgacha Snoubordda ayollar, Fristaylda erkaklar g‘olib va sovrindorlarni aniqlab olishdi. Snoubordda Avstriya vakiliga teng keladigan raqib topilmagan bo‘lsa, Fristaylda amerikalik sportchi yetakchi bo‘ldi. Qizig‘i ikkala sport turida ham uchinchi o‘rin Yangi Zelandiya vakillariga nasib qildi. Natijada Qishki olimpiadada medal yutgan terma jamoalar soni 28taga yetdi.

Bugun shuningdek ayollar o‘rtasida hokkey musobaqalari g‘olibi aniq bo‘ladi. Biatlonda ayollar estafetasi o‘tkaziladi va unda asosiy favorit Germaniya terma jamoasi navbatdagi oltin medalni qo‘lga kiritishi mumkin. Shuningdek bugungi dasturdan short-trek, chang‘i ikki kurashi, slalom kabi turlarda ham g‘oliblar ma'lum bo‘ladi.

Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy  Koreya
22 fevral kuni o‘ynaladigan barcha medallar

Snoubord 
Big-eyr
Ayollar

1. Anna Gasser (Avstriya)
2. Jyeymi Anderson (AQSh)
3. Zoui Sadovski Sinnott (Yangi Zelandiya)

Fristayl
Haf-payp
Erkaklar

1. Devid Uayz (AQSh)
2. Aleks Ferreyra (AQSh)
3. Niko Porteus (Yangi Zelandiya)

Hokkey
Ayollar
Final
Boshlangan vaqti – 9:10
3. Finlyandiya

Tog‘ chang‘isi
Slalom
Erkaklar
1. Andre Mirer (Shvetsiya)
2. Ramon Zenxauzern (Shveytsariya)
3. Mixael Matt (Avstriya)

Superkombinatsiya
Ayollar
Boshlanish vaqti – 11:00

Chang‘i ikkikurashi
Estafeta
Katta tramplin va 4 hamda 5 km masofaga poyga
Erkaklar
Boshlanish vaqti – 15:20

Biatlon
Estafeta
Ayollar
Boshlanish vaqti – 16:15

Short-trek
500 m
Erkaklar
Boshlanish vaqti – 16:15

1000 metr
Ayollar
Boshlanish vaqti – 16:40

Estafeta, 5000 metr
Boshlanish vaqti – 17:00

Umumjamoa hisobida medallar jamg‘armasi (oltin, kumush, bronza, jami)

1. Norvegiya – 13-11-9 (33)
2. Germaniya – 12-7-5 (24)
3. Kanada – 9-5-7 (21)
4. AQSh – 7-6-6 (19)
5. Niderlandiya – 6-6-4 (16)
6. Fransiya – 5-4-5 (14)
7. Shvetsiya – 5-4-0 (9)
8. Avstriya – 5-3-5 (13)
9. Janubiy Koreya – 4-2-2 (8)
10. Yaponiya – 3-5-3 (11)

Ko‘proq yangiliklar: