Qirg‘izistondagi portlashda jabrlangan fuqarolar O‘zbekistonga olib kelindi

O‘zbekiston 19:10 / 22.02.2018 26001

Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan 2018 yil 20 fevral soat 04:30larda olingan xabarga ko‘ra, Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati, Qo‘chqor-Ota shahridagi xususiy kafeda tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida chaqnash sodir bo‘lganligi, natijada jabrlangan 4 nafar fuqarodan 3 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligi to‘g‘risida ma'lumot berildi, deb xabar qilmoqda FVV axborot xizmati.

Ushbu ma'lumot asosida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, Qirg‘izistonlik hamkasblar bilan jabrlanganlarni shifokorlar nazoratida O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan.

Mavzuga oid: Qirg‘izistondagi portlashda jabrlangan O‘zbekiston fuqarolarining ism-familiyasi ma'lum qilindi

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda Farg‘ona, Namangan viloyat hokimliklari hamkorligida jabrlangan fuqarolarning shaxsini aniqlash, yaqin qarindoshlariga xabar yetkazish ishlari olib borilib, 22 fevral kuni soat 14:00 holatiga O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish choralari ko‘rilgan.

Foto: FVV 

Hozirda jabrlangan fuqarolar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon va Namangan viloyat filiallariga joylashtirilgan va ular bilan zaruriy tibbiy muolajalar o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: