Xitoyda dengiz ustidan o‘tuvchi dunyodagi eng uzun ko‘prik qurildi (video)

O‘zbekiston 16:57 / 22.02.2018 43171

Xitoyda Hongkong va Makao o‘rtasida dunyodagi eng uzun dengiz ko‘prigi paydo bo‘ldi: uning uzunligi 55 kilometr. «Meduza» xabariga ko‘ra, u transport vositalari uchun 2018 yilning ikkinchi yarmida ochiladi.

Fevral oyida davlat komissiyasi uni sinovdan o‘tkazish uchun ruxsat berdi. U Hongkong, Chjuxay va Makaoni bog‘lab, Hongkong hamda Chjuxay o‘rtasidagi masofani 3 soatdan 30 daqiqagacha qisqartirdi.

Ushbu inshoot o‘z ichiga uchta sun'iy orol va suvosti tonnelini qamrab olgan. Ko‘prik qurilishi sakkiz yil davom etdi.

Loyihaning qiymati 110 milliard yuan (taxminan 16 milliard dollar)ga baholanmoqda. Uning yaratuvchilari so‘zlariga ko‘ra, ko‘prik 8 ballik zilzilaga bardosh bera oladi va kamida 120 yil xizmat qilishi kerak.

Ko‘proq yangiliklar: