Foto: Eronlik ayol stadionga kirish uchun erkak qiyofasiga kirdi

Sport 16:45 / 22.02.2018 15672

Eronlik Zahro Hushnavoz futbol o‘yiniga tushish uchun ko‘rinishini jiddiy o‘zgartirib, erkak kishi qiyofasiga kirdi.

Uni ayol bo‘lgani uchun sevimli futbol jamoasi bo‘lmish «Persepolis»ning o‘yinlariga kiritishmaydi. Shu sabab u erkak qiyofasiga kirishga majbur bo‘ladi. Zahro sevimli jamoasiga muxlislik qilish uchun sochini kestirib, yasama soqol qo‘ydiradi.

«O‘tgan yili Tehronda sodir bo‘lgan kuchli zilziladan so‘ng o‘zimdan so‘radim: «Nega endi orzularimni ro‘yobga chiqarmasdan o‘lib ketishim kerak? Nega biz ayollar stadionga bora olmaymiz?», deydi u. 

Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning gender tengligini amalga oshirish borasidagi va'dalariga qaramasdan mamlakatda xotin-qizlar huquqlari poymol etilmoqda. Taomilga ko‘ra, Eronda ayollar faqatgina ayollar futboliga ishqibozlik qilishlari mumkin. Hushnavoz grimda ikkita o‘yinni tribunadan turib kuzatdi va bu unga bir qancha muammolarni keltirishiga qaramasdan u shu tariqa davom etmoqchi.

«Persepolis» futbol klubi bosh murabbiyi uning harakati xavfli ekani va u buni takrorlamasligi kerakligini aytadi.

Zahro avvaliga stadionga kirishga qiynalgan. Futbol klubi u haqida bilishi uchun ijtimoiy tarmoqlarga suratini joylashtirgan. Endi esa har gal o‘yin payti «Persepolis» Zahro kelishini kutadi. 

Foto: Euronews
Foto: Euronews

Qayd etish kerakki, bir necha yillardan buyon Eronda tengsizlikka qarshi kurash ketmoqda. Hushnavozning aytishicha, mamlakatdagi ayollar stadionlar barcha uchun ochiq bo‘lishini istaydi. U shuningdek, aholining xohish-istagini rad etish kelajakda katta muammolarga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantiradi.

Ko‘proq yangiliklar: