Yevropa Ligasi. TsSKA kichik hisobda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi

Sport 00:43 / 22.02.2018 7377

TsSKA hamda "Tsrvena Zvezda" o‘rtasida kechgan Yevropa Ligasi 1/16 finalining javob o‘yini nihoyasiga yetdi. "VEB Arena" stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 1:0 hisobidagi kichik g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yindagi yagona gol 45-daqiqada Dzagoyev tomonidan kiritildi. 

Belgradda kechgan ilk o‘yinda hisob ochilmagan edi. Shu tariqa TsSKA ikki o‘yin natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga chiqdi. 

TsSKA Rossiya – Tsrvena Zvezda Serbiya 1:0 

Gol: 1:0 – 45 Dzagoyev.
TsSKA – Akinfeyev, Ignashevich, Vasin (Nababkin, 26), Fernandes, Berezutskiy, Dzagoyev, Kuchayev, Natxo, Vernblum, Vitino (Milanov, 77), Musa.
Tsrvena Zvezda – Boryan, Savich, Rodich, Stoykovich, Donald (Srnich, 78), Yovichich (Rachich, 88), Le Tallek, Krstichich, Radonich (Adjich, 88), Peshich, Ben-Nabuan.
Ogohlantirishlar: Le Tallek (49), Vernblum (51), Berezutskiy (66), Stoykovich (69), Kuchayev (83)

Ko‘proq yangiliklar: