"Barselona" Serxi Roberto bilan shartnomani uzaytirdi

Foto: Twitter/FCBarcelona
"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto jamoasi bilan yangi shartnoma imzoladi.
"Men har doim bu yerda qolishni istaganman. Men yoshligimdan ko‘k anorranglilar muxlisiman. Men 12 yoshimdan beri "Barselona"daman, mening maqsadim – bu yerda iloji boricha uzoqroq qolish", – dedi 26 yoshli futbolchi.
Ispaniya OAV bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Roberto uchun tovon puli 500 mln yevro qilib belgilangan.
Serxi Roberto "Barselona" tarkibida 2010/11 yilgi mavsumda debyut qilgan va hozirda asosiy tarkibda to‘p surmoqda.
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025