Abdulaziz Komilov va Sergey Lavrov ertaga muzokaralar o‘tkazadi 

O‘zbekiston 10:41 / 22.02.2018 6086

2018 yilning 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV axborot xizmati xabar berdi.

RF TIV xabarida aytilishicha, Abdulaziz Komilov 22-23 fevral kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiya Federatsiyasiga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarning bir qismi sifatida amaliy tashrif bilan Moskvada bo‘ladi.

Sergey Lavrov va Abdulaziz Komilov muzokaralar davomida xalqaro vaziyat va rus-o‘zbek tashqi siyosiy hamkorligining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashadi. Alohida e'tibor Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik va Afg‘oniston bilan bog‘liq vaziyatga qaratiladi.

Tashrif chog‘ida ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: