Jyeyms Bond haqidagi filmni qaysi rejissyor suratga olishi taxmin qilindi

Foto: Danjaq
OAV, jumladan Variety jurnali bondiananing rejissyorlik o‘rindig‘idan joy olishga asosiy nomzod bo‘lgan yangi ijodkor nomini ma'lum qildi.
Iddao etilishicha, bu Denni Boyl – «Oskar» mukofot laureati, «Ignada», «Xarobalardan chiqqan millioner» va «Stiv Jobs» kartinalari muallifi.
Manbalar so‘ziga ko‘ra, sahnalashtiruvchi rasmiy taklifni hozircha olmagan, biroq uning nomi da'vogarlar ro‘yxatida yuqori o‘rinlarda turibdi.

Boyl agent 007 Jyeyms Bond haqidagi filmni suratga olishni doimo orzu qilgan. Ayni damda u Working Title uchun loyiha ustida ishlamoqda, biroq aktyorlar tarkibi hozircha yo‘q, u bu ishni ortga surishi ham mumkin ekani aytilyapti.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Jyeyms Bond rolini yangi filmda kim ijro etishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

22:11 / 23.09.2021
Aktyor Deniel Kreygga o‘z qahramoni Jyeyms Bond kabi faxriy kommander unvoni berildi

22:14 / 27.01.2021
Jyeyms Bond haqidagi film premerasi Nokia smartfoni sababli kechiktirildi

23:33 / 11.08.2020
Britaniyaliklar eng yaxshi «Jyeyms Bond»ni tanlashdi

22:57 / 20.08.2019