Jyeff Bezos 10 ming yil xizmat qiluvchi 42 mln dollarlik soat qurdirishni boshladi (video)

Jahon 21:30 / 21.02.2018 6302

Amazon rahbari, dunyoning eng boy odami Jyeff Bezos Texas shtatida 10 ming yil xizmat qiluvchi mexanik soat qurdirishni boshladi. U “insoniyatning uzoq muddatli kelajagi ramzi” bo‘lmish bu soatni yaratish uchun ushbu loyihaga 42 mln dollar ajratdi.

“Soat qurilishi boshlandi: uning uzunligi 152 metrni tashkil qiladi, barchasi mexanik. Soat kunduzgi va tungi harorat o‘zgarishi hisobiga ishlaydi. 10 ming yil xizmat qiluvchi soat Denni Xillis, Zander Rouz va soatni quruvchi jamoa sa'y-harakatlari bilan qurilmoqda”, deb ma'lum qilgan Bezos. 

Loyiha g‘oyasi muhandis Denni Xillisga tegishli bo‘lib, u bu g‘oyasini 1995 yilda Wired jurnaliga bayon qilgan. U o‘shanda insoniyat va sayyoramizning uzoq muddatli kelajagi haqida o‘ylashga undaydigan ramz yaratishni taklif qilgan. Ushbu g‘oya Clock of the Long Now degan loyihaga aylanib, Long Now jamg‘armasi tomondan moliyalashtirilmoqda. 

Loyiha jamoasi soatning bir necha prototiplarini qurgan, biroq Bezosning soatlarigina birinchi bo‘lib real masshtabda ishlay boshlaydi. Soat dizayni Xillisga tegishli. Muhandislar oxirgi yillar davomida soatning ulkan detallarini yaratish bilan shug‘ullanishgan va tog‘da soatni o‘rnatish uchun shaxta burg‘ilashgan. Ular 21 fevralda soat mexanizmini yig‘ishni boshlashgan. 

Loyiha saytidagi ma'lumotlarga ko‘ra, soat qurib bo‘lingach, uni barcha istovchilar tomosha qilgani kelishlari mumkin bo‘ladi. Biroq buning uchun ancha masofa bosishga to‘g‘ri keladi: yaqin oradagi aeroportgacha yo‘l mashinada bir necha soatni oladi, bevosita soatning o‘ziga yetib borish uchun Serra Dyablo tog‘iga 600 metrga ko‘tarilish kerak bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: