O‘zbekistonda IT-dasturchilar ro‘yxati tuzilmoqda

O‘zbekiston 18:11 / 21.02.2018 17031

O‘zbekistonda IT sohasidagi tashkilotlarning kadr salohiyati kuchaytiriladi. Bu O‘zbekiston prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan.

Hujjat bilan 2018-2019 yillarda AKTni tubdan takomillashtirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.

Undagi bandlardan biri sifatida “axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar ro‘yxatini shakllantirish” ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, IT sohasida ishlar va xizmatlarning yagona klassifikatori ishlab chiqiladi.

Dasturiy mahsulot ko‘rinishidagi ro‘yxat 2018 yilning 1 iyuniga qadar shakllantiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: