O‘zbekistonda birinchi marta «Kenguru» matematika tanlovi o‘tkaziladi

Jamiyat 14:38 / 21.02.2018 8195

2018 yil mart oyida O‘zbekistonda «Kenguru» birinchi xalqaro matematika tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Tanlovning asosiy maqsadi - matematika masalalarini yechish qiziqarli va quvnoq jarayon ekanligini namoyish etish.

Tanlov AKSF’ning O‘zbekistondagi rasmiy vakili bo‘lgan Olympia MChJ kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi. 2018 yilda 80 mamlakatdan bo‘lgan 6 milliondan ortiq o‘quvchi tanlovda ishtirok etadi.

Xalqaro matematika tanlovi O‘zbekistonda birinchi marta 2018 yil 17 mart kuni o‘tkaziladi. Tanlovda Toshkent shahridagi 2-10-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish qiymati 30 ming so‘mni tashkil etadi. Ro‘yxatga olish 2018 yil 1 martgacha olympia.uz saytida o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: