Olmaliqda qotillik yuz berdi 

Jamiyat 15:25 / 21.02.2018 18632

Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida qotillik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2017 yil 22 dekabrda Olmaliq shahrida A.Temur ko‘chasida  yashagan, nafaqaxo‘r N.R.ning uyi yotoqxonasidan ikkala qo‘li  bilak va bo‘yin qismlariga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazilgan holdagi jasadi topilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmaliq shahar A.Temur ko‘chasi 54-uyda yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan R.B. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan.

Ko‘proq yangiliklar: