Qurolli Kuchlar akademiyasida AQSh generali boshchiligida delegatsiya kutib olindi

O‘zbekiston 20:41 / 21.02.2018 9627

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligi Markaziy qo‘mondonligi qo‘shinlari qo‘mondoni general Jyeffer Xarrigan boshchiligidagi harbiy delegatsiya kutib olindi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda. 

AQSh harbiy mutaxassislari ishtirokida «Profilaktik tibbiyot bo‘yicha axborot almashinuvi» mavzusida seminar tashkil qilindi. Unda harbiy-tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar, harbiy shifokorlar ishtirok etdi.

– Bu tadbirni harbiy-tibbiy ta'lim sohasidagi axborot almashinuvi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi, – deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti boshlig‘i, tibbiy xizmat polkovnigi Jahongir Sabirov. – Albatta, mazkur seminar mashg‘ulotlarida yangiliklar ham ko‘p bo‘ldi. Ayniqsa, innovatsion texnologiyalar sohasidagi ayrim yangiliklarni ta'lim tizimiga tatbiq etsak arziydi. Kelajakda bunday tadbirlarga ko‘proq xorijiy ekspertlar jalb qilinsa, mashg‘ulotlar samaradorligi yanada oshadi deb hisoblayman.

AQSh harbiy mutaxassislari bu borada innovatsion texnologiyalardan foydalanib, tezkor va samarali natijalar qo‘lga kiritish mumkinligini namoyish qildilar.

Martabali mehmon akademiya tarixi muzeyida bo‘ldi. O‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi, axborot-resurs markazi, kursantlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

General Xarrigan bundan keyin ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojiga umid bildirib, yurtimizga tashrifidan mamnunligini izhor qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

 

Ko‘proq yangiliklar: