FVV o‘raga tushib ketgan voyaga yetmagan qizni qutqarib qoldi

Jamiyat 15:31 / 21.02.2018 12915

Joriy yilning 20 fevral kuni soat 15:50da Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi «1050» tezkor raqamiga Navoiy viloyati Karmana tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Yaxshiyeva murojaat qilib, 2007 yilda tug‘ilgan qizi uyning yaqinidagi qazilgan o‘raga tushib ketganligi yuzasidan yordam so‘rab murojaat etgan.

Qutqaruv otryadi voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqaro N.Boboqulovani o‘radan chiqarib olishdi va birinchi yordamni ko‘rsatishdi.

Hozirgi vaqtda uning salomatligiga zarar yetmagan. 

Foto: FVV

 

Ko‘proq yangiliklar: