Farzand ota-onasiga kelgan dardni duo qilib o‘ziga so‘rab olsa bo‘ladimi?

Jamiyat 10:51 / 21.02.2018 22403

Ota-ona muqaddas zot. Ular uchun qancha yaxshilik qilsang, shuncha kam. Agar jonlari og‘rib, biror dardga yo‘liqishsa, farzandlarning ham tani og‘riydi. Qanday qilib bo‘lsa-da ota-onasiga shifo topishlariga yordam berishga, ularning tezroq tuzalib ketishlari uchun harakat qilishadi. Duoda bo‘lishadi. Ota-ona haqiga, ayniqsa, ular dard chekayotganda duo qilishning ham o‘z qoida va odoblari mavjud. «Zikr ahlidan so‘rang» hay'atiga kelib tushgan savol va unga berilgan javob ham huddi shu mazmunga ega. 

«Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qilayotgan ishlaringizni Alloh dargohida qabul qilsin. Men duo qilayotganimda ota-onamning dardlariga shifo so‘rayman. Ba'zida, ularning dardlarini menga bergin, deb duo qilaman, chunki dadam infarkt bo‘lganlar, ba'zida qiynalayotganlarini ko‘rib, men ham azob chekaman. Bu qilayotgan duoim yomon emasmi?».

Ushbu savolga quyidagi tartibda javob berilgan:

«Va alaykum assalom! Menga bergin deb duo qilishingiz o‘ta og‘ir gap. Bunday demang. Allohning mag‘firati keng, faqat fazlidan so‘rang. Sizga bersa, sabr qilolmasdan diningizdan ajrab qolishingizdan qo‘rqing. Sizga bermay ota-onangizga shifo berishga ham Alloh taolo qodir. Vallohu a'lam!».

Ko‘proq yangiliklar: