Amerikalik nazorat mahkamalari 2008 yilgi inqirozdan keyin jahon banklariga 243 milliard dollarlik jarima solishdi. Bu haqida «Interfaks» agentligi Keefe, Bryuette & Woods hisobotiga asoslanib xabar berdi.
Jarimalarning aksariyati sarmoyachilarning ipoteka banklari sifati bo‘yicha aldovlar bilan bog‘liq. MarketWatch hisobot ma'lumotlarida keltirilishicha, gap ular Amerika ko‘chmas mulk bozori inqiroziga qadar sotgan ipoteka aktivlari haqida bormoqda.
To‘langan kompensatsiyalar bo‘yicha yetakchilik Bank of America'ga tegishli - u oxirgi 10 yilda 76,1 milliard dollarlik summaga teng jarima to‘lagan. Ikkinchi o‘rinda katta farq bilan (43,7 milliard dollar) JPMorgan Chase turibdi va uchinchi o‘rinda (19 milliard dollar) - Citigroup.
Chet el banklari orasida eng ko‘p jarima to‘lagan banklar - Deutsche Bank (14 milliard dollar) va Royal Bank of Scotland (10,1 milliard dollar). Shuningdek BNP Paribas, Credit Suisse va UBS banklari 6 milliard dollar jarima to‘lagan.