2017 yilda sayyohlar soni 1,3 milliarddan ko‘proqni tashkil qildi

Jamiyat 00:05 / 21.02.2018 7208

Dunyoda sayyohlar soni 2017 yilda 1,3 milliarddan oshib ketdi. Bu haqda BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) hisobotida aytilgan.

Hisobotga ko‘ra, 2017 yilda sayyohlar soni 2016 yilgiga nisbatan 6,7 foiz oshgan va 1,322 milliardni tashkil qilgan. Bu esa 2010 yildan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

O‘tgan yil sayyohlar oqimining eng ko‘p o‘sishi Yevropa va Afrikaga to‘g‘ri kelgan – 8 foiz, Osiyo-Tinch okeani hududiga 6 foiz, Yaqin Sharqqa 5 foiz va Amerika davlatlariga 3 foiz to‘g‘ri kelgan. 

2017 yilda Yevropaga 671 mln, Osiyo-Tinch okeaniga 324 mln, Amerika davlatlariga 207 mln, Afrikaga 62 mln, Yaqin Sharqqa 58 mln sayyoh to‘g‘ri kelgan.

Ko‘proq yangiliklar: