O‘zbekistonning to‘rt viloyatida turistik politsiya ishga tushdi

O‘zbekiston 14:09 / 20.02.2018 45276

Xavfsiz turizmni ta'minlash konsepsiyasini amalga oshirish doirasida Buxoro, Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmalari tashkil qilindi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. 

Foto: uzbektourism.uz

Bugunga kelib Buxoro viloyatida boshqarma tarkibiga 45 kishidan iborat shtat kiritildi. Ularning tasarrufida maxsus belgiga ega avtobuslar va avtomobillar mavjud. 

Avtotransport videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, bu vaziyatni tahlil qilish va sayyohlar xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish imkonini beradi. 

Foto: uzbektourism.uz

Turistik politsiya xodimlari chet tillarini bilishadi, etiket asoslariga doir yetarli bilimga ega, ularning yonida xaritalar, personal planshet-kompyuterlar bo‘lib, bu elektron tarjimonlar va elektron axborot tizimi ma'lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beradi. 

Boshqaruvning asosiy vazifasi sayyohlar xavfsizligini ta'minlash, ehtimoliy tahdidlardan o‘z vaqtida ogohlantirish, shuningdek ularning huquq va manfaatlarini himoyalashda ko‘mak berishdan iborat. 

Ko‘proq yangiliklar: