O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ozarboyjon tadbirkorlar milliy konfederatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bitimi imzolandi

O‘zbekiston 15:42 / 20.02.2018 5451

Bugun, 20 fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Xalqaro Press-klub bilan hamkorlikda Ozarboyjon ishbilarmon doira vakillari hamda mahalliy tadbirkorlar ishtirokidagi O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumi o‘tkazildi.

Foto: Xalqaro Press-klub

Qayd etish lozimki, ushbu tadbir ishbilarmonlar o‘rtasidagi hamkorligini rivojlantirish, shuningdek qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qo‘shimcha rag‘bat sifatida xizmat qiladi.

Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida savdo aloqalari yo‘lga qo‘yilishi va kengayishini qo‘llab-quvvatlash, yangi qo‘shma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oshirishdan iborat.

Foto: Xalqaro Press-klub

Forumda qurilish, savdo, tibbiyot anjomlari, farmatsevtika,  qadoqlash materiallari, nashriyot, poligrafiya, AKT, kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan Ozarboyjonning yirik kompaniyalaridan kelgan 20 dan ortiq vakil, shuningdek, mahalliy  yirik korxona va kompaniyalarning 50 dan ziyod vakillari ishtirok etdi.

Ishbilarmonlik uchrashuvi chog‘ida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Ta'kidlash joizki, 2017 yil yakunlari bo‘yicha tovar aylanmasi – 31,2 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, jumladan, eksport – 26,2 million dollarni, import esa – 4,9 million dollarni tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasida Ozarbayjon Respublikasi sarmoyasi ishtirokidagi 84 ta korxona faoliyat yuritib, ulardan 71 tasi - qo‘shma korxona, 11 tasi esa - 100 % Ozarboyjon kapitaliga ega. 

Ozarbayjon Respublikasi tadbirkorlar milliy konfederatsiyasi prezidenti Mamed Musayev
Foto: Xalqaro Press-klub

Ushbu korxonalar savdo, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, moliya va sug‘urta, energetika, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, oziq-ovqat va yengil sanoati kabi sohalarda faoliyat yuritmoqda.

O‘z navbatida, Ozarboyjon hududida O‘zbekistoning 2 ta korxonasi tashkil etilgan, bular «O‘zbekiston xavo yullari» MAK va «O‘zavtosanoat» dilerlik markazidir.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov. 
Foto: Xalqaro Press-klub

O‘zbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligida 1 Ozarboyjon kompaniyasining vakolatxonasi akkreditatsiyadan o‘tgan.

Biznes forum doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Ozarboyjon Respublikasi tadbirkorlar milliy konfederatsiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bitimi imzolandi.

Foto: Xalqaro Press-klub

Biznes forum yakunida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adxam Ikramov va Ozarboyjon Respublikasi tadbirkorlar milliy konfederatsiyasi prezidenti Mamed Musayev Qurbon o‘g‘li ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Ko‘proq yangiliklar: