Urganchda ochilgan yangi bog‘chada 120 nafar bola tarbiya olmoqda

O‘zbekiston 01:27 / 20.02.2018 13867

Bugungi kunda Xorazm viloyatida 249 ta maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 5 tasi nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari hisoblanadi. Mazkur hududda maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olingan bolalar soni 26,6 foizni tashkil etadi, xolos. Shu bois, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi, tuman va shahar bo‘limlari tomonidan soha rivojiga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilanib, ularni amalga oshirish maqsadida barcha kuchlar safarbar etilgan. 

Xususan, maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlarni tashkil qilish, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalar sonini ko‘paytirish, ularning moddiy-texnik bazasini yangilash, pedagog kadrlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash orqali ta'lim sifat-samaradorligiga erishish maqsadida  tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, viloyatdagi mavjud 17 ta maxsus maktabgacha ta'lim muassasalarida imkoniyati cheklangan tarbiyalanuvchilarni sog‘lomlashtirish ishlarini rivojlantirish borasida ham sezilarli ishlar qilinmoqda.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi
Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

Urganch tumani G‘oybu qishlog‘ining “Turkmanlik” mahallasidagi foydalanishga topshirilgan 25- “Shirintoy” maktabgacha ta'lim muassasasi ham farzandlar kamoli yo‘lida amalga oshirilayotgan ana shu islohotlarning uzviy davomidir. Bu haqda Maktabgacha ta'lim vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Muassasaning yangi binosida bolalarimizga jahon andazalari asosida ta'lim va tarbiya berish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Xonalar yorug‘ va shinam, barcha inventarlar mavjud. Hozirda  6 guruhda 120 nafar bolajon tarbiya olmoqda. Rus tili, ingliz tili, sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Qolaversa, mahalliy aholi takliflaridan kelib chiqib, maktabgacha ta'lim muassasasida yana 2 ta qisqa muddatli guruhlar ochilib, ularda 50 nafarga yaqin bolajonlar ta'lim tarbiya olishmoqda.

Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi
Foto: Maktabgacha ta'lim vazirligi

Muassasa 2 mlrd. 565 million so‘mlik investitsiya mablag‘i asosida bunyod etildi.

Ko‘proq yangiliklar: