Turkiya Suriya qo‘shinlari Afringa yuborilganini rad etdi

Jahon 10:34 / 20.02.2018 3567

 Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bakir Bo‘zdog‘ Suriya hukumat qo‘shinlari Afringa jo‘natilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda «Interfaks» turk televideniyesiga asosan xabar bermoqda.

«Bu yangilik Suriyaning SANA agentligi tomonidan tarqatildi. Biroq Suriya hukumati uni tasdiqlamadi. Bu xabarlar real vaziyatni aks ettirmaydi», - deya aytib o‘tdi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya xavfsizlik xizmatlari ham ushbu xabarlarni tasdiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turkiyalik harbiylar Suriyaning Afrin viloyatidagi hujum vaqtida zaharlovchi moddalarga ega snaryadlardan foydalanishgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: