Tramp Opra Uinfri prezidentlik saylovlarida qatnashishidan umid qilmoqda

Jahon 10:21 / 20.02.2018 6206

AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterdagi sahifasida teleboshlovchi Opra Uinfrining «60 daqiqa» teleshousidagi ishtirokiga izoh berdi. Uning davomida Uinfri Trampning boshqaruvi haqida salbiy fikr bildirgan.

«Hozirgina qachonlardir men juda yaxshi bilgan, o‘ziga ishonchi qolmagan Opra Uinfri «60 daqiqa» ko‘rsatuvida bir necha kishidan intervyu olganini ko‘rdim. Savollar noobektiv va haqiqatdan yiroq bo‘ldi, dalillar esa – noto‘g‘ri. Umid qilamanki, Opra AQSh prezidentligi uchun saylovlarda ishtirok etadi, u xuddi barcha kabi mag‘lub bo‘lishi kerak!», - deya yozgan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq teleboshlovchi Opra Uinfri 2020 yilgi AQSh prezidentligi saylovida ishtirok etishga qiziqish bildirgani to‘g‘risidagi xabar tarqaganidan so‘ng, amaldagi prezident Donald Tramp bunday munosabatga baho bergandi. Donald Tramp «Oq uy uchun saylovda Oprani ham yutishini» bildirgan. 

Ko‘proq yangiliklar: