Tashqi ishlar vazirligida Turkiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 21:07 / 20.02.2018 6265

20 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkiya Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Ahmed Bashar Shen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. 

Suhbat davomida ikki tomon munosabatlarning amaliy jihatlari, xususan, turli darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Turkiya uchrashuvlari jadvali bo‘yicha takliflar hamda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT), Islom hamkorlik tashkiloti (IHT), boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ko‘proq yangiliklar: