Sooronbay Jeenbekov ichki ishlar idoralarini poraxo‘r xodimlardan tozalashni buyurdi

Jahon 07:46 / 20.02.2018 11685

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov ichki ishlar vaziri Ulan Isroilovga militsiya saflarini poraxo‘r xodimlardan tozalash ishlarini kuchaytirish va jinoyatchilikka qarshi kurashni faollashtirishni buyurdi.
     
Ma'lum qilinishicha, Jeenbekov va Isroilov uchrashuvda ichki ishlar idoralarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha choralar va vazifalarni muhokama qilishgan.   

Jeenbekov ichki ishlar saflarini korrupsiya bilan shug‘ullanuvchi va jinoiy jazolanuvchi jinoyatlar, jumladan narkokorrupsiyaga  aralashgan nopok xodimlardan tozalash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish vazifasini qo‘ydi. Bundan tashqari, Jeenbekov ichki ishlar idoralarini isloh qilish bilan bog‘liq barcha tadbirlarni nihoyasiga yetkazish topshirig‘ini berdi. 

Ko‘proq yangiliklar: