Ozarboyjon O‘zbekistonni tibbiyot turizmi sohasida hamkorlik qilishga chorladi

O‘zbekiston 22:20 / 20.02.2018 4230

Ozarboyjon Milliy ishbilarmonlar konfederatsiyasi prezidenti Mamed Musayev Qurbon o‘g‘li O‘zbekistonni turizm, jumladan tibbiyot turizmi yo‘nalishida hamkorlik qilishga chaqirdi. KUN.UZ muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Xalqaro Press-klub bilan hamkorlikda o‘tkazgan matbuot anjumanida berilgan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi. 

Ozarboyjon Milliy ishbilarmonlar konfederatsiyasi prezidenti Mamed Musayev Qurbon o‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Ozarboyjon turizm sohasida keng hamkorlik qilishi mumkin. 

"Ozarboyjonda turistik assotsiatsiyalar juda ko‘p. Ular yordamida ikki tomonlama sayyohlar oqimini ko‘paytirishimiz mumkin. 

Ozarboyjon va O‘zbekiston -   madaniyat, til, qadriyatlar borasida juda o‘xshash xalqlar. To‘g‘risini aytsam, men bu yerda o‘zimni xuddi Bakuda yurgandek his qilyapman. Shunday ekan, biz turizm sohasida ham hamkorlik qilmog‘imiz lozim.

Ayniqsa, tibbiyot turizmi bo‘yicha hamkorlik salohiyati katta. Bizda neft yordamida turli kasalliklarni davolovchi "Naftalan" kabi sanatoriylar bor. Bundan tashqari, Ozarboyjonda Kaspiy dengizi bor, shunday ekan, uzoq mamlakatlarga borishning hojati yo‘q", - deydi Mamed Musayev Qurbon o‘g‘li. 

 

Ko‘proq yangiliklar: