Mirodil Sangilov axborot texnologiyalari vaziri o‘rinbosari lavozimidan olindi

O‘zbekiston 14:54 / 20.02.2018 14131

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PQ-3543-sonli qarori bilan Mirodil Mirzaliyevich Sangilov O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Mirodil Sangilov “Xavfsiz shahar” kompleksini yaratish bo‘yicha loyiha o‘z vaqtida, keng ko‘lamda hamda sifatli amalga oshirilishi uchun mas'ul bo‘lgan. U bu lavozimda 2017 yilning oktabridan ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga Azim Ahmedxo‘jayev rahbar etib tayinlangani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: