MDH davlatlari maxsus xizmatlari rahbarlari Moskva oblastida muzokara o‘tkazadi

Jahon 10:14 / 20.02.2018 10854

MDH davlatlarining terrorizmga qarshi kurash tuzilmalari rahbarlari Moskva viloyatining Odintsovo shahrida global terrorizm tahdidi yuzaga kelishi sharoitida birgalikdagi faoliyat yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish uchun yig‘ilishadi, deya xabar berdi MDH terrorizmga qarshi kurash markazi matbuot-byurosi.

MDH davlatlarining xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari, ustav organlari va hamdo‘stlikdagi shu soha bo‘yicha hamkorlik organlari, xalqaro tashkilotlar, Rossiyaning qator idoralari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

"MDH TQM Moskva oblastidagi Odintsovoda MDHga a'zo davlatlar terrorizmga qarshi milliy markazlari rahbarlarining “MDH ishtirokchi davlatlarining terrorizmga qarshi kurash sohasida vakolatli organlari o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari” mavzusida XI-kengashini o‘tkazadi”, - deyiladi xabarda.

Kun tartibida zamonaviy bosqichda terroristik tahdidlarni baholash ham bor. Xususan, Suriya-Iroq zonasida global terroristik tahdidning o‘zgarishi sharoitida vaziyat rivoji, xalqaro terroristik tashkilotlar manfaatlarining dunyoning boshqa mintaqalariga ehtimoliy kirib borishi, MDH davlatlari tashqi chegaralarida terroristik holatlar ehtimoliy shakllari muhokama qilinadi.

Yig‘ilish ishtirokchilari shuningdek, tegishli xavfsizlik organlari o‘rtasida qaynoq nuqtalarda jang qilgan xalqaro terrorchilarning o‘z mamlakatlariga qaytib kelishi sharoitida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini ham belgilab oladilar.

2018 yilga mo‘ljallangan, MDH terrorizmga qarshi birgalikdagi mashqlarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratiladi.

Ko‘proq yangiliklar: