«Leyptsig» yutqazdi, Bundesliganing kuchli uchligida yangi nom

Foto: Bundesliga
Germaniya chempionatining 23-turida «Ayntraxt» «RB Leyptsig»ni yengdi. Frankfurtdagi «Kommertsbank-Arena» stadionida kechgan uchrashuv 2:1 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yinning 13-daqiqasida mehmonlar jamoasining fransiyalik forvardi Jan-Kevin Ogusten hisobni ochgandi. «Burgutlar» Timoti Chendler va Kevin-Prins Boateng gollari bilan javob qaytarishdi.
Bu g‘alaba evaziga «Ayntraxt» ochkolari sonini 39taga yetkazdi va Bundesliga turnir jadvalida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi, «RB Leyptsig» 38 ochkosi bilan to‘rtinchi o‘ringa tushdi.
Germaniya chempionati
23-tur
Ayntraxt F – RB Leyptsig 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 13 Ogyusten, 1:1 – 22 Chendler, 2:1 – 26 Boateng.
Ayntraxt F – Gradetski, Salsedo, Abraam, Falett, da Koshta, Xasebe, Boateng (Fernandes, 68), Chendler, Volf (Gachinovich, 83), Aller, Rebich (Yovich, 80).
RB Leyptsig – Gulachi, Laymer, Orban, Upamekano, Klostermann, Keyta (Forsberg, 61), Ilzanker, Demme (Poulsen, 46), Zabittser, Ogyusten, Lukman (Verner, 76).
Ogohlantirishlar: Rebich (33), Volf (38), Xasebe (47), Orban (51), Chendler (64), Boateng (65), Falett (75), Klostermann (81).
Tur o‘yinlari

Turnir jadvali

Mavzuga oid

20:35 / 27.10.2018
Bundesliga. «Bavariya» qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi, «Borussiya» D ochko yo‘qotdi

23:20 / 26.08.2018
«Borussiya» mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi

21:48 / 07.04.2018
«Bavariya» qatorasiga 6-marta Germaniya chempioni bo‘ldi

23:15 / 10.03.2018