Qo‘ng‘irotda bu yil 80 mln dollarlik loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston 08:44 / 20.02.2018 7462

Qo‘ng‘irot tumani hokimi Sharaprashid Temirbayev 2018 yilda tumanda amalga oshiriladigan rejalar haqida aytib o‘tdi, deb yozmoqda Kruz.uz.

«Tumanimizda 2018-2019 yillarda hududda kompleks rivojlantirish dasturi asosida jami bahosi 80,2 mln. dollarlik jami 138 loyiha amalgani oshirish va 900 yangi ish o‘rnini yaratish belgilangan. Shuning ichida 33 yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ta'kidlab o‘tadigan bo‘lsam «ASIA AGRO FOODS» MChJ tomonidan jami bahosi 39,8 mln dollarlik Turkiya investitsiyasi hisobidan makkajo‘xori o‘simligini qayta ishlab, asosan fruktoza, kraxmal, belokli ozuqa yem-hashak, makkajo‘xori ekstrakti va glyuten mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va yangidan 120 ish o‘rnini yaratish ko‘zda tutilyapti.

Shuningdek, «KKRASI CHEMICAL» MChJ tomonidan jami 17,0 mln AQSh dollarlik natriy sulfat va natriy sulfit ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish va yangidan 60 ish o‘rnini yaratish rejalashtirilyapti.

«Ustyurt sodium sulfat» MChJ tomonidan jami 1,1 mln AQSh dollarlik natriy sulfat ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasini amalga oshirish va yangidan 20 ish o‘rnini yaratish rejalashtirilmoqda.

«Asaka fud eksport» MChJ tomonidan jami 5,0 mln AQSh dollarlik Asaka bank krediti hisobidan 10 gektar maydonda gidroponika texnologiyasi asosida issiqxona qurish loyihasini amalga oshirsak, 50 ta yangi ish o‘rni ochiladi.

«Qo‘ng‘irot metangaz servis» MChJ tomonidan jami 550 ming AQSh dollarlik 1,0 gektar maydonda gidroponika texnologiyasi asosida issiqxona qurish loyihasini amalga oshirsak, 6 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 60-70 foizini chet davlatlarga eksport qilamiz. Yilning birinchi choragida jami bahosi 391 ming AQSh dollarlik 32 loyihani ishga tushirib, 55 yangi ish o‘rni ochish belgilangan», deydi Sharaprashid Temirbayev.

Ko‘proq yangiliklar: