Kotirovkalar va auksion boshlanishi to‘g‘risida SMS orqali xabar beriladi

O‘zbekiston 16:24 / 20.02.2018 4494

“O‘zRTXB” AJ va Play-mobile SMS-xabarlashning yangi xizmatlarini joriy etdi. Ular “chiroyli” avtoraqamlar savdosi bo‘yicha onlayn-auksionlar ishtirokchilari va birja savdolarida mineral o‘g‘itlarni xarid qilishga mas'ul bo‘lgan fermer xo‘jaliklarining vakillari uchun mo‘ljallangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining axborot portali xabar beradi.
 
“Chiroyli” raqamlar savdosi bo‘yicha onlayn-auksionlar ishtirokchilari SMS-xabarlash xizmati yordamida savdoga qo‘yilgan raqamlar to‘g‘risida ma'lumotlarni tezkor olishlari mumkin. Bu savdolarning boshlanish vaqtini o‘tkazib yubormaslik, shuningdek muayyan “chiroyli” avtoraqamni sotib olish bo‘yicha muhim axborotni olish imkonini beradi. Xizmatga ulanish uchun  avtoraqam.uzex.uz saytida mijozning shaxsiy kabinetidagi "SMS" sahifasiga o‘tish zarur. Xizmat uchun oylik abonent to‘lovi 10 000 so‘mni tashkil etadi.
 
Boshqa xizmat fermer xo‘jaliklari rahbarlariga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga bepul asosda taqdim etiladi. Mineral o‘g‘itlar bo‘yicha shakllangan kotirovkalar fermerlar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil aloqa raqamiga haftada ikki marta avtomatik ravishda yuboriladi. Xizmatga ulanish bo‘yicha savollar bilan birjaning kechayu kunduz faoliyat yuritadigan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining 11-62 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali murojaat qilish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: