Hindiston farmatsevtika delegatsiyasi O‘zbekistonga kelmoqda

O‘zbekiston 14:47 / 20.02.2018 6339

2018 yilning 21-23 fevral kunlari Hindistonning avtomobil transporti va yo‘llar bo‘yicha davlat vaziri Mansux Mandaviya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Mandaviya Hindiston farmatsevtika delegatsiyasiga rahbarlik qiladi. Tashrif O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida farmatsevtika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Mansux Mandaviyaning Twitter’dagi sahifasida ta'kidlashicha, tashrif davomida bosh vazir o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri va uch viloyat hokimi bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Delegatsiya Andijon va Buxoro viloyatiga ham boradi.

Hindiston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: