YeTTB to‘rt oy davomida O‘zbekiston bilan 200 million dollarlik bitimlar imzoladi

Iqtisodiyot 11:15 / 20.02.2018 6749

YeTTBning O‘zbekistondagi faoliyati qayta tiklanganidan beri umumiy qiymati qariyb 200 million AQSh dollariga teng bitimlar imzolandi. 

Bankning vakolatxonasi yana uzoq yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekistonda ish boshladi. YeTTB ofisi Toshkentda 2017 yil 8 noyabr kuni ochildi.

Eng yirik bitimlar orasida: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, «Hamkorbank» ATB, «Ipoteka-bank» ATIBga kredit liniyalarini ajratish bor. Ular kichik va o‘rta biznesni, ayniqsa, qishloq joylarda moliyalashtirish imkonini beradi.

YeTTB O‘zbekiston tadbirkorlari orasida o‘z xizmatlarini faol ravishda targ‘ib qilishda davom etmoqda.

Davlat investitsiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab kichik va xususiy tadbirkorlik vakillari uchun seminarlar o‘tkazilmoqda. Bugungi kunga qadar seminarlar Farg‘ona, Navoiy va Toshkentda o‘tkazildi. 19 fevral kuni Nukusda tadbirkorlar uchun ham xuddi shunday seminar bo‘lib o‘tdi.

Bunday tadbirlardan ko‘zlangan maqsad tadbirkorlarni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik qilishning keng imkoniyatlari haqida xabardor etish. Bank mutaxassislari yordamida tadbirkorlar YeTTB xizmatlari haqida kerakli ma'lumotlarni oladilar.

Ko‘proq yangiliklar: