Bog‘cha tarbiyachi va xodimlari qayta tayyorlash kurslariga jalb etiladi

O‘zbekiston 10:03 / 20.02.2018 19993

Maktabgacha ta'lim muassasalarini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash maqsadida tegishli salohiyat mavjud oliy ta'lim muassasalarida Defektologiya (logopediya), Amaliy psixologiya va Maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi mutaxassisliklari bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kurslari faoliyati boshlanadi. Bu haqda Kun.uz muxbiri Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Matbuot xizmati ma'lumotiga tayanib xabar beradi.

Ma'lum qilinishicha, kurslar joriy yilning 22 fevralidan yo‘lga qo‘yiladi. Xabarda aytilishicha, 2018 yil davomida 16255 nafar maktabgacha ta'lim muassasalarining pedagog kadrlarini kasbiy qayta tayyorlash kurslariga jalb etish rejalashtirilgan. Shundan, 2761 nafari 1601 nafari psixolog va 11893 nafari maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisi bo‘lishi nazarda tutilgan.

Mazkur kasbiy qayta tayyorlash kurslari ikki bosqichda tashkil etilib, birinchi bosqichda 9697 nafar (22 fevraldan iyun oyining oxiriga qadar) tinglovchi, ikkinchi bosqichda 6558 nafar (iyul-oktabr oylarida) tinglovchi kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qishi rejalashtirildi.  

Ko‘proq yangiliklar: