Bepul Wi-Fi: Buxoroning tarixiy qismida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlar qilish imkoni paydo bo‘ldi

O‘zbekiston 16:59 / 20.02.2018 10207

Buxoroning butun tarixiy qismi bepul Wi-Fi tarmog‘i bilan qoplanadi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi. 

Buxoroning turistik markazida infratuzilmani yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor sarmoyachilar va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sa'y-harakatlari bilan mazkur loyihani amalga oshirish ishlariga start berildi. 

Ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 3 fevralidagi 5326-sonli "O‘zbekiston Respublikasining turistik salohiyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, jamoatchilik joylarida Internetga bepul kirish zonalarini yaratgan operatorlar, provayderlar va boshqa xo‘jalik sub'yektlari Wi-Fi taqdim etiluvchi hududda reklama bannerini bepul o‘rnatish imkoniga ega bo‘lishadi. 

Manbada ta'kidlanishicha, Internet tarmog‘iga ulanish sifat talablariga javob berishi va foydalanuvchilar shaxsining majburiy identifikatsiyasi bilan amalga oshirilishi kerak. 

Ko‘proq yangiliklar: