Azar o‘zini goh «Real»ga, goh «PSJ»ga o‘tkazish bilan shug‘ullanadiganlarga javob berdi

Sport 00:16 / 20.02.2018 12700

«Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azar o‘zining «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

«Menga «Real»dan qiziqish borligi haqida necha yillardan buyon gapirishadi. Juda ko‘p yillardan buyon. Bu gaplar bir tingach, «PSJ» haqidagi gaplar boshlanadi. «PSJ» haqidagi gaplar to‘xtasa esa yana «Madrid» haqida gapirishadi. 

Ayni vaqtda men o‘zimga ma'qul joydaman. Agar kun kelib klubimni o‘zgartirishga zarurat paydo bo‘lsa, shunday qilaman. Ammo hozir «Chelsi»da hammasi yaxshi. Menda hammasi yaxshi. Men borimni «Chelsi»ga beraman.

Shartnomamning yana 2,5 yillik muddati bor. Mening oilamga bu yerda yaxshi. Muxlislar meni juda yaxshi ko‘rishadi.

Ko‘ramiz, voqealar rivoji qanday davom etadi. Futbolda hammasi sodir bo‘lishi mumkin, hech narsa sodir bo‘lmasligi ham mumkin», – deya belgiyalik futbolchining so‘zlarini keltirgan Téléfoot.

Ko‘proq yangiliklar: