O‘zbekiston velosport bo‘yicha nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi

Sport 15:17 / 19.02.2018 4817

O‘zbekistonda ilk marotaba velosport-shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2019 Asian Road & Para Cycling Championships kattalar va yoshlar o‘rtasidagi xalqaro musobaqa o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar tarqatdi

Manba bergan xabarga ko‘ra, bu haqda Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Velosport Konfederatsiyasi (ASS) Kongressi davomida ma'lum qilingan. 

O‘zbekistonga mezbonlik borasida Xitoy, Tailand, Janubiy Koreya hamda Eron mamlakatlari raqobat ko‘rsatdi. Yakunda, ko‘p ovoz to‘plagan O‘zbekiston nufuzli turnirga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Ko‘proq yangiliklar: