O‘zbekiston Yevropaga 5 million dollarlik qovunlar yetkazib beradi

O‘zbekiston 15:13 / 19.02.2018 8556

Germaniya poytaxtida Fruit Logistica 2018 xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini yakunladi. Forumda O‘zbekiston kompaniyasi ELMI Ltd. kompaniyasi bilan 5 million dollarlik poliz mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi. 

Bu yilgi tadbirda dunyoning 80 ta mamlakatidan 3 mingdan ortiq eksponentlar ishtirok etdi. Ko‘rgazmaga 130 dan ziyod davlatdan 75 mingdan ortiq mutaxassis tashrif buyurdi, deb xabar beradi «Jahon» AA.

Fruit Logistica 2018 xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy ekspozitsiyasi UZTRADE AJ va boshqa mahalliy tashqi savdo kompaniyalari mutaxassislari tomonidan taqdim etildi. Stenddagi keng assortimentda yangi va qayta ishlangan meva-sabzavotlar, ziravorlar, quritilgan mevalar taqdim etildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari Germaniya, Fransiya, Hollandiya, Vengriya, Italiya, Turkiya va boshqa mamlakatlarning import bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. O‘zbek qovunlarini, ko‘katlar, shuningdek, quritilgan mevalarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzildi. Bundan tashqari, bir qator Yevropa mamlakatlari ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari bilan biznes hamkorlik, meva va sabzavot ishlab chiqarish hamda qayta ishlash sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Koreya rasmiylari nima uchun O‘zbekiston qovunlari eksporti taqiqlanganiga izoh berishdi

«Fruit Logistica 2018 biz uchun Yevropa bozoriga chiqishga katta imkoniyatlar ochdi. Xususan, ELMI Ltd. Kompaniyasi bilan 5 million dollarlik poliz mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladik. Shuni ta'kidlashni istardimki, bundan oldin biz faqat Boltiqbo‘yi mamlakatlari treyder kompaniyalari bilan ishlagan bo‘lsa, hozirda Germaniya, Fransiya, Belgiya va Yevropaning boshqa mamlakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotlarni eksport qilish imkoniga ega bo‘ldik», - deya aytib o‘tdi UZTRADE vakili Behruzxon Saydullayev.

Ko‘proq yangiliklar: