Trampning yadroviy jomadonchasi sababli janjal chiqqani ma'lum bo‘ldi – OAV

Jahon 08:25 / 19.02.2018 16218
Foto:Thomas Peter/AFP

AQSh prezidenti Donald Trampning 2017 yil noyabrda Xitoyga safari vaqtida Xitoy va AQSh xavfsizlik xizmatlari xodimlari o‘rtasida Trampning yadroviy jomadoni sababli mojaro chiqqani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda axborot manbalariga iqtibos keltirgan holda AQShning Axios nashri ma'lum qildi.  

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 9 noyabrda yuz bergan. Tramp Xitoy rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkaziladigan zalga kirgandan keyin unga doimo hamrohlik qiluvchi xodim yadroviy jomadon bilan zalga kirmoqchi bo‘lganda qarshilikka uchragan. Xitoylik qo‘riqchi unga zalga kirishga yo‘l bermagan. Shunda AQSh delegatsiyasi Oq uy apparati rahbari Jon Kellini chaqirishga qaror qilgan. Kelli “biz ichkariga kiramiz” deb, zalga qat'iyatlik bilan yo‘l olgan.

“Keyin mashmasha boshlangan. Xitoylik zobit Kellini ushlab olgan, biroq Kelli uning qo‘lini siltab tashlagan. Keyin esa AQSh maxfiy xizmati xodimi xitoylik zobitga tashlanib, uni yerga ag‘dargan”, deb voqeani bayon qilgan nashr. 

Nashrning ta'kidlashicha, Xitoy vakillari voqea davomida yadroviy jomadonni olib qo‘ya olishmagan.

Ko‘proq yangiliklar: