Sumatrada Sinabung vulqoni otildi

Jahon 23:39 / 19.02.2018 5252

Indoneziyaning Sumatra orolida Sinabung vulqoni otila boshladi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda

19 fevralda vulqon 5 km balandlikka kul ustunini otgan. Kul buluti 5 km gacha tarqalgan.

“Bu otilish joriy yildagi eng balandi bo‘ldi”, deb aytilgan xabarda. Ma'lum qilinishicha, vulqon otilishi Shimoliy Sumatra viloyatidagi aviaaloqaga ta'sir ko‘rsatmagan.    

Shu bilan birga Avstraliyaning vulqon kuli bo‘yicha maslahat markazi vulqon otilishi bilan bog‘liq holda aviatsiya uchun qizil darajadagi trevoga e'lon qilgan.

Sinabung vulqoni balandligi dengiz sathidan 2 km 460 metrni tashkil qiladi. Vulqonning 400 yil ichida ilk otilishi 2010 yilda yuz bergan, keyin esa kul otilishlari 2013 va 2014 yillarda takrorlangan. Vulqon otilishi 2014 yil yozida qayd qilingan. 2015 yil iyunda vulqon atrofidagi hududdan 6 ming kishi evakuatsiya qilingan.

Indoneziya “Tinch okeani olovli halqasi” deb ataluvchi kuchli tektonik yoriqning bir qismi hisoblanadi. Bunda Hind okeani tubini shakllantiruvchi plita Sumatra joylashgan Osiyo plitasi tagiga kirib boradi. Bunda to‘planuvchi energiya ulkan kuchdagi zilzilalar va vulqonlar otilishi ko‘rinishida tashqariga chiqadi.

Ko‘proq yangiliklar: