Rossiya AQShni Suriyada «o‘t bilan o‘ynashmaslikka» chaqirdi

Jahon 14:27 / 19.02.2018 18590

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov «Valday» xalqaro munozaralar klubi ochilishida amerikaliklarni Suriyada «o‘t bilan o‘ynashmaslikka» chaqirdi.

«Men yana bir bor amerikalik hamkasblarmizni o‘t bilan o‘ynashmaslik va qadamlarni bugungi siyosiy kon'yunkturaning zumdalik ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qo‘ymaslikka chaqiraman. Bu Suriya xalqi va bu mintaqadagi barcha xalqlar, jumladan, albatta, kurdlarning uzoq muddatli manfaatlaridan kelib chiqib qilinishi lozim», - deya aytib o‘tdi vazir.

Lavrovning shuningdek ta'kidlashicha, Rossiya Suriyaning parchalab tashlashga bo‘lgan urinishlardan xavotirda.

«Bunday xavotirlar Qo‘shma Shtatlar birinchi navbatda Firotdan sharqda, bu daryo va Suriyaning Iroq hamda Turkiya bilan tashqi chegarasi o‘rtasidagi katta hududlarda amalga oshirishni boshlayotgan rejalari bilan tanishish chog‘ida yuzaga kelmoqda», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lavrov AQSh Suriya yaxlitligini saqlab qolishdan manfaatdor emasligi haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: