Ronaldu Raul bilan tenglashib oldi

Sport 09:45 / 19.02.2018 10666

Ispaniya chempionatining 24-turida «Real» «Betis»ni yengdi. «Benito Vilyamarin» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 5:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Gollardan birini «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu urdi. Bu gol portugaliyalik futbolchi uchun «Real» safida 264-uchrashuvda gol urishi bo‘ldi. Shu tariqa, «Real» safida golli uchrashuvlar soni bo‘yicha Ronaldu jamoaning sobiq futbolchisi Raul bilan tenglashib oldi. Raul shu vaqtgacha bu borada klubning mutlaq rekordchisi sanalardi.

Ronaldu «Real» safida 2009 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U klub uchun shu vaqtgacha 423 uchrashuvda 431 gol urgan. Raul madridliklar safida 1994 yildan 2010 yilga qadar 738 o‘yinda maydonga tushgan va 322 gol urgan.

Ko‘proq yangiliklar: